Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kitob tumanida Urgut erkin iqtisodiy zonasining filiali ochiladi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Urgut erkin iqtisodiy zonasining filiali ochiladi. Bu haqda Qashqadaryoda saylovchilar bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tgan.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida Qashqadaryoda amalga oshiriladigan ishlar rejasi bilan o‘rtoqlashgan. U Urgutdagi ijobiy tajribadan kelib chiqib, Kitob tumanida Urgut erkin iqtisodiy zonasining filiali ochilishi haqida ma'lum qilgan.
«Urgutdagi ijobiy tajribadan kelib chiqib, Kitob tumanida Urgut erkin iqtisodiy zonasining filiali ochiladi.
Shuningdek, Nishon, Kitob, G‘uzor va Yakkabog‘ tumanlarining sanoat gaz tarmoqlari modernizatsiya qilinadi va ushbu hudud tadbirkorlari barqaror energiya bilan ta'minlanadi.
Ushbu maqsadlarga davlat tomonidan 600 milliard so‘m ajratiladi. Shuningdek, Chiroqchi, Mirishkor, Dehqonobod va Shahrisabzda tadbirkorlik infratuzilmasi uchun, har yili qo‘shimcha 150 milliard so‘m ajratiladi.
Bundan tashqari, tadbirkorlarga 300 ta davlat obektlari ochiq savdo orqali sotiladi», degan Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
18:36 / 18.09.2024
“Hammadan bir xil undiriladi” - Kitobda yoshlar yetakchilarining maoshi paxta terimi uchun ushlab qolinmoqda
10:27 / 27.11.2023
Qashqadaryoda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlashda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
16:06 / 13.11.2023
Qashqadaryoda fuqaro 21 tup qayrag‘ochni kesib tashladi
13:44 / 17.06.2023