Jamiyat | 12:34 / 20.10.2021
2174
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yubordi

Foto: Getty Images

Jizzax viloyati Baxmal tumanida Nexia yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan o‘quvchini urib yuborgan. Oqibatda o‘quvchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-41 G‘allaorol-Baxmal avtomobil yo‘lining 28-kilometrida voyaga yetmagan o‘quvchi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Baxmal tumani Novqa mahallasida yashovchi haydovchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan Nexia mashinasi bilan yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgan.

Oqibatda tumanning Oqtosh mahallasida yashovchi o‘quvchi og‘ir tan jarohatlari olib, bosh miya suyagi ochiq sinishi, travmatik shok holati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Baxmal tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid