Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Isroilning 15 nafar agenti qo‘lga olingani xabar qilindi
Ular Isroil razvedkasiga maxfiy ma'lumot va hujjatlar yetkazib berganligi aytilmoqda.
Istanbul shahrida Isroil «Mossad» maxsus xizmatining 15 nafar axborotchi agenti qo‘lga olindi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Josuslikda ayblanayotgan Falastin va Suriya fuqarolari Turkiya hududida istiqomat qilgan va Istanbul prokuraturasi surishtiruvi doirasida qo‘lga olingan.
Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, ular Isroil razvedkasiga maxfiy ma'lumot va hujjatlar yetkazib bergan.
Ma'lum qilinishicha, josuslik tarmog‘i a'zolari elektron o‘tkazmalar va kurerlar orqali haq olib kelishgan.
27 iyulda Eron kontrrazvedkasi mamlakat chegarasi yaqinida «Mossad» agentlarini qo‘lga olgandi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025