Jahon | 10:24 / 26.10.2021
11734
2 daqiqa o‘qiladi

Misrliklar yangi poytaxtga o‘zlari nom tanlashadi

Misrliklar o‘rtasida mamlakatning yangi poytaxti nomi, ramzi, shiori bo‘yicha tanlov e'lon qilindi. Bu boradagi takliflar 18 noyabrgacha qabul qilinadi, deb xabar berdi Ahram mahalliy nashri.

Foto: Ahram

Takliflar tarkibiga taniqli ekspertlar, jumladan yozuvchilar va olimlar kiradigan hay'at tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Misrning yangi poytaxti bo‘lishi kutilayotgan shahar poytaxt Qohiradan 50 km uzoqlikda 2015 yilda qurila boshlangan. Ayni vaqtda Qohirada 22 mln kishi yashaydi.

“Yangi Qohira” 700 kvadrat kilometr maydonni egallaydi va 6,5 mln kishiga mo‘ljallanadi. Loyihaning amalga oshirilishi dastlabki bosqichda 45 mlrd dollarga baholangan.

Bo‘lg‘usi poytaxtga asosiy davlat muassasalari, jumladan, hukumat, vazirliklar ko‘chiriladi. U yerda barcha zaruriy infratuzilma, turar joy binolari barpo etiladi.

Misrning yangi ma'muriy markazida yuqori texnologiyalar qo‘llanadi. Jumladan, shahar aholisi uchun yagona mobil dastur yaratilib, odamlar u orqali kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari, turli xizmatlarga shikoyat qilishlari va muammolar haqida xabar berishlari mumkin bo‘ladi.

Ko‘chalarda avtomobillar tirbandligini kuzatish, o‘g‘riliklarni aniqlash, shubhali shaxslar ortidan kuzatish uchun videokameralar o‘rnatiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid