O‘zbekiston | 10:20 / 26.10.2021
2029
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatida dasturlarda belgilangan obyektlarni foydalanishga topshirish muddati kechikayotgani aytildi

Foto: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi

Samarqand viloyatida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida belgilangan obyektlarni foydalanishga topshirish muddati kechikmoqda. Bu haqda viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi ma'lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Samarqand viloyatining 717 ta qishloq va 198 ta mahalla arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarini obodonlashtirish ko‘zda tutilgan. 3 759 ta obektda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilishi belgilanib, shundan 3 057 ta obyekt foydalanishga topshirilib, 81 foizga bajarilgan.

Qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda, 702 ta obektni foydalanishga topshirish muddati kechiktirilmoqda. Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahrida 75 ta (23 ta yo‘l qurilishida, 6 ta ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv tizimida va 46 ta past kuchlanishli elektr ta'minotida) va Oqdaryo tumanida 26 ta (4 ta yo‘l qurilishida, 5 ta ijtimoiy soha obyektlarida, 1 ta ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv tizimida, 16 ta past kuchlanishli elektr ta'minotida) obyektning foydalanish muddati kechikmoqda.

Mavzuga oid