Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada hukmron partiya parlamentda ko‘pchilik o‘rinni saqlab qoldi
Yaponiya parlamentining quyi palatasiga saylovlarda bosh vazir Fumio Kisida boshchiligidagi Liberal-demokratik partiya ko‘pchilik o‘rinni saqlab qoldi. U parlamentdagi 465 o‘rindan 261 tasini egallaydi hamda o‘zining an'anaviy siyosiy hamkori “Komeyto” partiyasi bilan birga 293 o‘rinni nazorat qiladi.
Saylovlar Ikkinchi jahon urushidan keyin birinchi marta muddatdan oldin emas, balki quyi palata vakolatlari muddati yakunlangandan keyin o‘tdi.
Hukmron partiya avvalgi parlamentdagiga nisbatan 15 o‘rinni yo‘qotganiga qaramay, “mutlaq ko‘pchilikni” saqlab qolgan. Yaponiyaning asosiy muxolif partiyasi Konstitutsiyaviy-demokratik partiya ham 14 o‘rin yo‘qotgan.
Yaponiya bosh vazirining ta'kidlashicha, yangi hukumat “yangi kapitalizm” yordamida iqtisodiyotni jonlantirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Kisida hukumati mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Hukmron partiya mudofaaga sarf-xarajatlarni 2 martaga, ya'ni mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2 foizigacha oshirmoqchi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025