O‘zbekiston | 14:51 / 13.11.2021
2480
2 daqiqa o‘qiladi

Bolalar uyida o‘tayotgan bolalik - Farg‘onadagi bolalar uyidan reportaj

Kimdir ota-ona mehriga, kimdir tirnoqqa zor. Bolalar uyiga qandaydir sabab bilan tashlab ketilgan bola qachonlardir ona-onasi, yaqinlari uni olib ketishini kutib yashaydi. Bola ulg‘aygan sari asl ota-onasi kimligini bilishga intiladi...

Farg‘ona shahridagi 1-sonli bolalar uyi faoliyati bilan tanishish maqsadida mazkur maskanga kirdik. Bu yerda hammasi boshqacha edi. Bolalar uyidagi bolalarga xodimlarning barchasi birdek onalik qilardi. Maskanda tarbiyalanayotgan bolalar bor mehrni mana shu xodimlardan olardi...

Foto: Kun.uz

Bolalar uyi direktori Faridaxon Xoldorovaning ma'lum qilishicha, maskanda yil boshida 46 nafar bola tarbiyalangan. Hozirda bolalar uyida 28 nafar bola qolgan. Kimningdir yaqinlari olib ketgan. Yana kimlardir vasiylikka, oilalarga bolalikka berilgan.

Foto: Kun.uz

Bolalar uyida yangi tug‘ilgan chaqaloqdan to 7 yoshga kirgan bolagacha tarbiyalanar ekan.

Tarbiyalanayotgan bolalardan ba'zi birlari o‘zlari yod olgan she'rni aytib berdi. Ularning ko‘pi ota-ona haqida she'r bilar ekan.

Foto: Kun.uz

Qaysi bir bola ota-onasi borligini bilmaydi. Bilganlari esa bir kun kelib ularni olib ketishlarini kutib yashaydi...

Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid