O‘zbekiston | 08:31 / 13.11.2021
4136
2 daqiqa o‘qiladi

Yangiariq tumani hokimi hayfsan intizomiy jazosini oldi

Xorazm viloyati, Yangiariq tumani hokimi Davletov Anvar Kenjayevichga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llandi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Bu haqda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovning farmoyishi e'lon qilindi.

«Ish faoliyati davomida o‘z vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashib, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka  hamda  jiddiy  kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Davletov Anvar Kenjayevichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasiga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin», deyiladi hujjatda.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish ishlari bir qancha tumanlarda, jumladan Yangiariqda ham vaqtida boshlanmaganini va tuman hokimi qat'iy ogohlantirilishini ma'lum qilgan edi.

Davletov Anvar Kenjayevich Yangiariq tumani hokimi vazifasini 2020 yil dekabr oyidan beri bajarib kelmoqda. U 1985 yil Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. Mutaxassisligi – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.

Mavzuga oid