Jahon | 20:09 / 24.11.2021
5528
2 daqiqa o‘qiladi

Olaf Shols Germaniya kansleri bo‘ladi

63 yoshli Olaf Shols Hamburg meri, moliya vaziri va vitse-kansler lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Foto: Reuters

26 sentyabrda o‘tkazilgan Bundestag saylovlaridan keyin olib borilgan ikki oylik muzokaralardan so‘ng Germaniya parlamentida Olaf Shols kansler bo‘ladigan uch partiyali koalitsiya shakllandi.

Sholsning parlament tomonidan kansler etib saylanishi Angela Merkelning 16 yillik hukmdorligiga yakun yasaydi.

63 yoshli Olaf Shols Gamburg meri, moliya vaziri va vitse-kansler lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Koalitsion kelishuvga erishilgani to‘g‘risida G‘arb matbuoti xabar berdi. 24 noyabr kuni «svetofor» koalitsiya — «qizil» sotsial-demokratlar, «yashillar» va «sariq» liberal-demokratlar partiyalari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilishi aytilmoqda.

Bloomberg agentligi ma'lumotiga ko‘ra, «yashillar» yetakchisi, «Shimoliy oqim-2» gaz quvuri qurilishiga qarshi bo‘lgan Annalena Berbok tashqi ishlar, uning hamraisi Robert Habek iqlim va energetika siyosati sohasida qo‘shimcha vakolatlarga ega iqtisodiyot «supervaziri» bo‘ladi. Liberal-demokratlar yetakchisi Kristian Lindnerga moliya vazirligi nasib etadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid