Jahon | 20:00 / 10.12.2021
4498
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Afg‘onistondan 25 ming qochqinni qabul qiladi 

Foto: AFP

Germaniya Afg‘onistondan 25 ming qochqinni qabul qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Yevropa Ittifoqining ichki ishlar bo‘yicha yevrokomissari Ilva Yuxanssonning Reuters ixtiyoriga kelib tushgan maktubida aytilishicha, yordamga muhtoj odamlar va xavf ostida qolayotgan qochqinlar nihoyat xavfsiz hayotda yashash imkonini kutmoqda.

Siyosatchi Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarni 2022 yilgacha 40 ming qochqinni qabul qilish bo‘yicha va'dalarini bajarishga chaqirgan. Ta'kidlanishicha, ushbu qochqinlardan 25 ming nafari Germaniyada, 3 mingi Niderlandiyada, 2 mingdan ko‘prog‘i Fransiya va Ispaniyada hamda 2 mingi Shvetsiyada joylashtirilishi rejalashtirilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid