O‘zbekiston | 21:36 / 12.12.2021
9732
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda «Jiguli» avtobusni ag‘darib yubordi, bir kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida «Jiguli» avtobus bilan to‘qnashib, pachoqlanib ketdi, YTH oqibatida bir kishi vafot etib, ikki kishi jarohatlandi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida sodir bo‘lgan YTH to‘g‘risida ma'lumot berdi.

«Joriy yilning 11 dekabr kuni soat 17:10larda, Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani hududidan o‘tuvchi 4R-89 avtomobil yo‘lining 31-kilometrida haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan T.B. «Vaz-2103» rusumli avtomobilni yuqori tezlikda boshqarayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan, haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtobus bilan to‘qnashgan.

Natijada, «Vaz-2103» rusumli avtomobil haydovchisi, 1988 yilda tug‘ilgan T.B. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan hamda ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 2013 yilda tug‘ilgan E.A. va avtobus yo‘lovchisi, 1973 yilda tug‘ilgan M.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan», deyiladi xabarda.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Mazkur YTH yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid