Jahon | 21:04 / 13.12.2021
3440
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyada yangi bosh vazir saylandi

Foto: AP

Bolgariyada 14 noyabrda o‘tgan muddatdan oldin parlament saylovlarida g‘alaba qozongan “O‘zgarishlarni davom ettiramiz” koalitsiyasi yetakchilaridan biri, 41 yoshli Kiril Petkov mamlakatning yangi bosh vaziri etib saylandi. Uning nomzodini parlamentdagi ovoz berishda 134 deputat qo‘llab-quvvatladi, 104 deputat qarshi chiqdi

Parlament Petkovni yangi bosh vazir etib saylagandan keyin u taklif qilgan hukumat tarkibini ham qo‘llab-quvvatlagan. Hukumatda 10ta vazirlik lavozimini “O‘zgarishlarni davom ettiramiz” koalitsiyasi, 4ta lavozimni Bolgariya sotsialistik partiyasi va “Shunday xalq bor” partiyasi, yana 3ta lavozimni “Demokratik Bolgariya” koalitsiyasi vakillari egallaydi.      

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid