Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ko‘p qavatli uyda joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
Samarqand shahri Kimyogarlar qo‘rg‘onida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 16 dekabr kuni soat 03:20 da Samarqand shahri Madaniyat mahallasidagi 19-uy 22-xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVB xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 03:31 da yetib borgan. Yong‘in soat 03:36 da qurshab olingan va 04:01 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida xonadonning taxminan 3 metr kvadrat maydonida uy jihozlari (gilam, ko‘rpacha) yonib zararlangan. Hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.