Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Afg‘oniston bilan qo‘shma savdo palatasi tashkil etadi
Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan o‘n oy davomida 27 foizga kamaygan.
Afg‘oniston va Qozog‘iston ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmini oshirishga yordam beruvchi qo‘shma savdo palatasini tashkil etish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Afg‘oniston savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov bilan Kobulda bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanidan ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Afg‘oniston keng savdo aloqalarini olib borayotgan mamlakatlardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘z navbatida, Sultonov ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan o‘n oy davomida 27 foizga kamayganini qayd etdi.
Aziziy havo yo‘laklari tashkil etish va Afg‘onistonda Qozog‘iston banklari filiallarini ochishni ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish yo‘llaridan biri deb atadi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025