Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShT davlatlari Qozog‘istonga tinchlikparvarlik kontingentini jo‘natadi
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Kollektiv xavfsizlik kengashi tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatda tartib o‘rnatish uchun Qozog‘istonga tinchlikparvar kontingent yuborishga qaror qildi.
«Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning murojaati munosabati bilan hamda Qozog‘iston Respublikasining milliy xavfsizligi va suverenitetiga, xususan, tashqi aralashuv natijasida yuzaga kelgan tahdidni hisobga olib, KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasining 4-moddasiga muvofiq, ushbu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va normallashtirish maqsadida KXShT kuchlarini cheklangan muddatga Qozog‘iston Respublikasiga yuborishga qaror qildi», — dedi KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi raisi, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan.
5 yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istondagi tartibsizliklarga sababchi bo‘lgan terrorchi to‘dalar «mohiyatan xalqaro bo‘lib, ular xorijda jiddiy tayyorgarlikdan o‘tgani, ularning Qozog‘istonga hujumini esa tajovuzkorlik harakati sifatida ko‘rish mumkin va kerak»ligini aytgandi.
KXShTning rasmiy hujjatlariga ko‘ra, «agar ishtirokchi davlatlardan biri tajovuzga (xavfsizlik, barqarorlik, hududiy yaxlitlik va suverenitetga tahdid soluvchi qurolli hujum) uchrasa, bu ushbu shartnomaning barcha ishtirokchi davlatlari tomonidan tajovuz (xavfsizlik, barqarorlik, hududiy yaxlitlik va suverenitetga tahdid soladigan qurolli hujum) sifatida baholanadi».
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti kotibiyatining xabar berishicha, Qozog‘iston tomonining yordam so‘ralgan murojaatida mamlakatdagi vaziyat «chet eldan tayyorlangan bandit tuzilmalarining bostirib kirishi» sifatida baholangan.
Maslahatlashuvlardan so‘ng KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi «mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va normallashtirish maqsadida» kollektiv tinchlikparvar kuchlarni Qozog‘istonga cheklangan muddatga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025