O‘zbekiston | 18:13 / 06.01.2022
2320
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda restoran omborxonasidan qurilish mollarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi restoran omborxonasidan qurilish mollarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on shahri Obod ko‘chasida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida 2021 yil 27 dekabrdan 2022 yil 3 yanvargacha oraliqda noma’lum shaxs uning qurilishi bitmagan restorani omborxonasidan ta’mirlash uchun olib kelingan, umumiy bahosi 8,4 million so‘m bo‘lgan 132 dona bo‘yoq soligan idishlarini va 4 dona yelim chelakda bo‘lgan “travertin” qurilish mahsulotini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringanini ma’lum qilgan.

Kattaqo‘rg‘on shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Kattaqo‘rg‘on shahar G‘arib machit mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan X.S. sodir etgani aniqlanib, u tanishiga sotgan 34 dona bo‘yoq tegishli tartibda daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid