Furqat tumanida bosqinchilar qo‘lga olindi
Ayol va uning voyaga yetmagan qiziga oshxona pichog‘i bilan hujum qilib uyidagi tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Furqat tumanida 5 yanvar kuni soat 21:30 larda R.S., S.S va I.B. ismli shaxslar niqoblangan holda pichoq va skotch bilan qurollanib “Istiqlol” MFYda yashovchi X.M. (ayol)ning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirishadi.
Ayol va uning voyaga yetmagan qiziga oshxona pichog‘i bilan hujum qilib, tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib, qo‘l, oyoq va og‘iz sohalarini skotchlab, X.M.ning 3 000 000 so‘mlik bir juft tilla-taqinchoqlarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida, tuman IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan R.S., S.S. va B.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Avvalroq Beshariq tumanida klinikaga tegishli do‘konga o‘g‘rilikka tushgan shaxs rasta tortmasida bo‘lgan 300 AQSh dollari va 1 100 000 so‘m pullarini o‘g‘rilab ketgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi
18:33 / 27.04.2024
Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi
11:54 / 30.03.2024
Toshkent viloyatida bosqinchilik va odam o‘g‘irlashni rejalashtirgan jinoiy guruh ushlandi
10:16 / 27.01.2024