Jahon | 12:30 / 08.01.2022
169616
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev hozir qayerdaligi ma’lum qilindi

Avvalroq "Exo Moskvi” radiostansiyasi bosh muharriri Aleksey Venediktov Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatni tark etishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Foto: Sputnik / Mixail Klimentev

Bugun, 8 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidentining maslahatchisi – matbuot kotibi Aydos Ukibay Nursulton Nazarboyev ayni damda Qozog‘iston poytaxtida ekanligini ma’lum qildi.

«Elboshi Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida bo‘lib turibdi. Iltimos, bila turib yolg‘on va taxminiy ma’lumotlarni tarqatmang. Elboshi bir qator maslahat uchrashuvlari o‘tkazadi va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan bevosita aloqada», — deb yozdi u o‘zining Twitter’dagi sahifasida. 

Unga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonga do‘st bo‘lgan davlatlar rahbarlari bilan bir necha bor telefon orqali muloqot qilgan. 

«Elboshi barchani hozirgi qiyinchiliklarni yengib o‘tish va mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlash uchun Qozog‘iston prezidenti atrofida birlashishga chaqiradi», — deya yakunladi Aydos Ukibay. 

Avvalroq, Belarus prezidenti matbuot xizmati prezident Aleksandr Lukashenko 7 yanvar kuni kechqurun Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergan edi. 

Muloqot chog‘ida suhbatdoshlar Qozog‘istondagi vaziyatni atroflicha muhokama qildi. 

Mavzuga oid