O‘zbekiston | 10:32 / 20.01.2022
24587
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda ketma-ket ikkinchi kun antirekord qayd etildi

SSV kasallanishlar soni ortishda davom etayotgani, so‘nggi bir kunda 1300dan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani, 700dan ortiq kishi tuzalgani, 4 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

Foto: Kun.uz

«2022 yil 19 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 209578 (+1307) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Bu O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri navbatdagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 18 yanvar kuni qayd etilgan, o‘shanda ilk bor kunlik holatlar mingdan oshgandi (+1214). 

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 39 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 31 nafari Andijon viloyatida,
  • 31 nafari Buxoro viloyatida,
  • 51 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 12 nafari Navoiy viloyatida,
  • 55 nafari Namangan viloyatida,
  • 43 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 34 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 157 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 53 nafari Xorazm viloyatida,
  • 194 nafari Toshkent viloyatida,
  • 568 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 26 nafar,
  • Andijon viloyatida 24 nafar,
  • Buxoro viloyatida 16 nafar,
  • Jizzax viloyatida 28 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
  • Navoiy viloyatida 6 nafar,
  • Namangan viloyatida 23 nafar,
  • Samarqand viloyatida 47 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 23 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 16 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 89 nafar,
  • Xorazm viloyatida 39 nafar,
  • Toshkent viloyatida 178 nafar,
  • Toshkent shahrida 207 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 201246 (+734) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlardan yana 4 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallik qurbonlari soni 1529 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid