Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi
Farg‘ona shahridagi Bozorboshi ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona shahar «Furqat» MFY, Bozorboshi ko‘chasida joylashgan savdo do‘konidagi yong‘in 23 yanvar kuni soat 01:08 da yuz bergan va tegishli kuch vositalari yordamida o‘z vaqtida bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi hamda FVB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025