Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Aral samali"ga yangi murabbiylar kelmoqda. Futbolchilar oylik maoshini ochiqladi
Yangi mavsumda O‘zbekiston Pro ligasida o‘yinlarini davom ettiradigan Nukus shahrining "Aral samali" jamoasiga yangi murabbiy kelmoqda. Bu haqda Nukus shahar hokimligi xabar berdi.
Klub direktorligiga yaqinda tayinlangan Islambek Seytnazarovning aytishicha, jamoaga xorijdan murabbiylar kelmoqda.
"Pro liganing 2022 yilgi mavsumiga tayyorgarlik boshlandi. Yangi mavsumda o‘tgan mavsumdagidan yaxshiroq natija ko‘rsatishni reja qilganmiz. Klubga xorijdan murabbiylar kelishi kutilmoqda. Bir necha kundan keyin yangi murabbiylar jamoada ish boshlaydi. Hozircha ularning ismlarini aytolmaymiz. Bu yil yaxshi natija ko‘rsatamiz" deydi “Aral samali” klubi direktori Islambek Seytnazarov.
"Aral samali"da 2019 yildan beri faoliyat olib borayotgan himoyachining so‘zlariga ko‘ra, uning jamoadagi oylik maoshi 2-3 mln so‘m atrofida. Uning ta’kidlashicha, har bir g‘alabali o‘yin uchun futbolchilarga shu miqdorda bonuslar beriladi.
Ma’lumot uchun, nukusliklarni ortda qolgan mavsumda Temur Turdiyev bosh murabbiy sifatida maydonga olib chiqayotgandi. Uning murabbiylar shtabida bor yoki yo‘qligi haqida hozircha ma’lumot berilmadi.
Bundan oldinroq «Aral samali» ustozi Temur Turdiyev Jo‘qarg‘i Kenges Raisi Murat Kamalov klubni qo‘llab-quvvatlashga va’da bergani haqida gapirgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilgi mavsumda “Aral samali” Pro ligada eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoa bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:29 / 07.10.2021
«Orol» klubi Pro ligadagi ishtirokini to‘xtatishi mumkin. Bu klub bir yil oldin ligaga olib chiqilgan va Superligaga o‘tishi kutilgandi
14:45 / 26.04.2021
Volkswagen brendi Pro liga rasmiy homiysiga aylandi
19:22 / 05.12.2020
Farg‘ona viloyati hokimi «Neftchi»da yig‘ilish o‘tkazdi. Klub bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
16:49 / 03.12.2020