Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda hashamat uchun soliq joriy etish taklif qilindi
Xususan, lyuks toifasidagi avtomashinalarga oshirilgan miqdordagi soliq joriy etish taklif qilinmoqda.
Foto: Getty Images
Qozog‘istonda hashamat uchun soliq joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Xabar qilinishicha, mamlakat milliy iqtisodiyot vazirligi mazkur masala ustida ish olib boradi.
Xususan, lyuks toifasidagi avtomashinalarga (Aston Martin, Bentley, Ferrari, Lamborghini, Maserati va b.) oshirilgan miqdordagi soliq joriy etish taklif qilinmoqda.
Shuningdek, ayrim toifadagi uchuvchi qurilmalar, yaxtalar va respublika ahamiyatidagi shaharlar, oblast markazlari, kurort hududlarda joylashgan ko‘chmas mulklar ham hashamat deb e’tirof etiladi. Bunday ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk solig‘ining oshirilgan koeffitsiyenti joriy qilinadi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025