O‘zbekiston | 09:47 / 10.02.2022
14481
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda bir tadbirkor boshqasini otib o‘ldirdi

Ikki tadbirkor o‘rtasida yer masalasida janjal kelib chiqqan.

IIV axborot xizmatining xabar berishicha, Paxtakor tumani Toshkent mahallasida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan xususiy korxona rahbari tuman sudining qaroriga asosan yerni olish maqsadida Forish tumani MIB xodimlari bilan Arnasoy tumani G‘afur G‘ulom mahallasida yashovchi 54 yoshli tadbirkorning yeriga borgan vaqtda o‘rtada janjal kelib chiqqan.

Shundan so‘ng arnasoylik tadbirkor o‘ziga tegishli ov miltig‘i bilan yerni olish uchun kelgan korxona rahbarining o‘ng ko‘krak qafasiga bir marta otib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotganda vafot etgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid