Turkmaniston prezidentligiga saylovda Berdimuhamedovning o‘g‘liga raqobatchi paydo bo‘ldi
Mamlakatda navbatdan tashqari prezident saylovi shu yilning 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Turkmaniston agrar partiyasi Mariy viloyati rahbari o‘rinbosari Og‘ajon Bekmurodovni bo‘lajak prezident sayloviga nomzod etib ko‘rsatdi. Bu haqda «Sputnik Blijneye Zarubejye» Telegram-kanali xabar berdi.
Bekmurodov 2017 yildan buyon hozirgi lavozimida ishlab kelmoqda.
Shu tarzda amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovga raqobatchi paydo bo‘ldi.
14 fevral kuni Serdar Berdimuhamedov bo‘lajak saylovlarda Turkmaniston demokratik partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatilgandi.
Serdar 2021 yil fevraldan buyon bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
22:15 / 25.10.2024
BMT Markaziy Osiyoni «Tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi» deb e’lon qildi
18:51 / 12.10.2024
Ashxoboddagi ko‘chaga prezidentni davolagan nemis shifokorining nomi berildi
13:35 / 08.10.2024