Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 100 nafardan ortiq qimorboz qo‘lga tushdi
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida qimorbozlik bilan shug‘ullangan 100ga yaqin shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati IIB, viloyat DXX, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Farg‘ona shahar Sanoat ko‘chasi 6-A uyning 2-qavatida Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro besh nafar tanishi bilan qimor va tavakkalchilikka asoslangan lotto o‘yinini tashkil qilgani aniqlangan. Ular 42 nafar fuqaroni jalb qilib, qimor o‘yinlari o‘tkazib kelgan. Qo‘lga olingan shaxslardan jami 12 million 247 ming so‘m va 17 xil buyum ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kuni tadbirlar davomida Marg‘ilon shahri O‘rdatagi mahallasi Mustaqillik ko‘chasidagi ovqatlanish binosining ikkinchi qavatida shu shaharda yashovchi fuqaro 3 nafar tanishi bilan lotto qimor o‘yinini tashkil qilgani aniqlangan. Ular 49 kishini jalb qilgan holda, qimor o‘tkazib kelayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)ning tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Navoiy viloyati Xatirchi tumanida xo‘roz urishtiriladigan yashirin “arena” aniqlangani, bu yerda xo‘roz jangi ishqibozlari yig‘ilib, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yin tashkil etganlarida qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025