Kirish imtihonlarida chet tilidan ijodiy imtihon qanday o‘tkazilishi rejalashtirilyapti?
Xorijiy tillardan ijodiy imtihonlar uchun OTMlarning kompyuterlaridan foydalanilishi, sinovlar asosiy test imtihonlari boshlanguncha o‘tkazilishi va mandat kechikishiga sabab bo‘lmasligi reja qilinyapti.
2021 yilgi qabuldan 6 ta OTMda birinchi bloki chet tili bo‘lgan yo‘nalishlarda xorijiy tildan ijodiy imtihon olinadi. Bugun, 22 fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ijodiy imtihonlarni o‘tkazish qanday rejalashtirilayotgani haqida ma’lumot berdi.
Sardor Rajabovning qayd etishicha, 6 ta OTMning ijodiy imtihon olinishi rejalashtirilgan yo‘nalishlariga o‘tgan yilgi qabulda 48 ming atrofida abituriyent hujjat topshirgan. Demak, bu yilgi qabulda taxminan shuncha abituriyent uchun ijodiy imtihon tashkillashtirish reja qilinadi.
Ijodiy imtihon qanday sharoitda o‘tadi?
“Ijodiy imtihonni o‘tkazishda tinglab tushunish ko‘nikmasi (Listening) uchun alohida sharoitlardagi xonalar kerak bo‘ladi. Bu bo‘yicha biz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishganmiz. Hozir har bir OTMda axborot-resurs markazlari bor va ular sifatli kompyuterlar bilan ta’minlangan. Vazirlik bilan imtihon olish uchun ushbu markazlardan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishilgan”, – dedi Sardor Rajabov matbuot anjumanida.
Mandat kechikmaydimi?
DTM direktori o‘rinbosari bergan ma’lumotga ko‘ra, hozircha ijodiy imtihonni abituriyentlarni ro‘yxatga olish tugab, asosiy test sinovlari boshlangungacha bo‘lgan muddatda o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Birinchi bo‘lib ijodiy imtihonlarni o‘tkazib, asosiy test boshlangunga qadar ularning natijasini e’lon qilishga harakat qilamiz”, – dedi Sardor Rajabov.
Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, chet tillaridan ijodiy imtihon savollari B1 darajada bo‘ladi va bu juda oson.
Eslatib o‘tamiz, chet tillaridan ijodiy imtihon olinadigan OTMlar quyidagilar:
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
- Samarqand davlat chet tillari instituti;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
quyidagi OTMlarning xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga:
- Toshkent davlat pedagogika universiteti;
- Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
- Nukus davlat pedagogika instituti.
Mavzuga oid
07:34 / 23.07.2024
Germaniyada o‘zbekistonlik qiz nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi
12:43 / 20.06.2024
Magistratura va doktorantura uchun talab qilinadigan chet tili sertifikatlari ro‘yxati tasdiqlandi
11:49 / 25.05.2024
OTM magistraturasi uchun chet tili darajasi talabi pasaytirildi
15:31 / 05.04.2024