Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qo‘mitasi o‘zbekistonliklarga 15 mlrd so‘m keshbek to‘ladi
Davlat soliq qo‘mitasi iste’molchilarga 15,1 mlrd so‘m keshbek to‘langani haqida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, dastlabki 86,7 ming nafar iste’molchiga 15,1 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.
Shu bilan birga, o‘tgan oy mobaynida 276 302 ta xarid chekiga hisoblangan yana 5,4 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘lanmasdan qolmoqda.
Bunga 17 517 ta tadbirkorlik sub’yektlarining soliq hisobotlaridagi kamchiliklar sabab bo‘layotgani aytilgan:
2 763 ta tadbirkor (hisoblangan keshbek - 2,6 mlrd so‘m) hisobotlarida chek ma’lumotlari to‘liq aks ettirilmagan;
12 406 ta tadbirkor (hisoblangan keshbek - 1,4 mlrd so‘m) umuman hisobot topshirmagan;
2 348 ta tadbirkorning 1 mln so‘mdan yuqori soliq qarzi mavjud (hisoblangan keshbek - 1,4 mlrd so‘m).
Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, kamchiliklar tuzatilishi hamda qarzdorligi kamayishi bo‘yicha kunlik o‘zgarishlar real vaqt rejimida inobatga olinib, hisoblangan keshbek summasi tasdiqlanadi, deyiladi ma’lumotda.
“Iste’molchilar diqqatiga! Xaridni amalga oshirganda chek talab qiling va xarid summasidan 1 foiz keshbekka ega bo‘ling. Keshbek chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxsga hisoblanadi.
Hurmatli fuqarolar, xarid cheklarini talab qilib savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga o‘z hissangizni qo‘shing, bundan manfaatdor bo‘ling va huquqlaringiz posboniga aylaning!”, deyiladi DSQ xabarida.
Mavzuga oid
11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi
21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
20:09 / 01.04.2025
2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undiriladi – Soliq qo‘mitasi
19:00 / 17.03.2025