Jahon | 14:18 / 24.02.2022
15294
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada armiyaga yordam bermoqchi bo‘lganlarga qurol beriladi

Foto: Ukraina mudofaa vazirligi

Ukrainada mamlakat armiyasiga yordam bermoqchi bo‘lgan va qurol ishlatishni biladigan odamlarga qurol beriladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Aleksey Reznikov o‘zining Facebook'dagi sahifasida e’lon qildi.

«Hurmatli vatandoshlar! Dushman hujum qilmoqda, lekin armiyamiz kuchli. Ukraina yoppasiga himoyalanish rejimiga o‘tdi.

Kimki qo‘lida qurol ushlashni bilsa, hoziroq Ukraina Qurolli kuchlari qoshidagi Hududiy mudofaa kuchlari safiga qo‘shilishi mumkin. Qurol olish uchun Hududiy mudofaa kuchlari brigadalariga murojaat qiling. O‘zingiz bilan faqat pasport olib borsangiz kifoya. Rus bosqinchilariga o‘lim! Yashasin Ukraina!», deb yozdi Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov.

24 fevral tongda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Hozirgacha Ukrainaning ko‘plab shaharlarida, xususan, poytaxt Kiyevda portlashlar kuzatilgan. Tinch aholi va harbiylar orasida qurbonlar bor.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid