Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi
«Tolibon» harakati Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga munosabat bildirib, tomonlarni muloqot va tinch yo‘l bilan mojaroni hal qilishga chaqirdi. Bayonotda biror marta Rossiya so‘zi ishlatilmagan, Ukraina so‘zini faqat sarlavhada uchratish mumkin.

«Afg‘oniston islom amirligi Ukrainadagi voqealarni diqqat bilan kuzatyapti va tinch aholi vakillari orasida qurbonlar bo‘lishi mumkinligidan xavotirda. Islom amirligi tomonlarni zo‘ravonlikni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiradi.
Afg‘oniston islom amirligi o‘zi amal qiladigan neytrallik siyosatidan kelib chiqqan holda har ikki tomonni mojaroni muloqot va tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradi. Tomonlardan Ukrainadagi afg‘on muhojirlari va talabalarining hayotini saqlashni so‘raymiz», deyilgan «Tolibon» harakati bayonotida.
Harakatning Afg‘oniston islom amirligi nomidan bergan bayonoti «Tolibon» rasmiy vakili Abdul Qahhor Balxiyning Twitter'dagi sahifasida e’lon qilindi.
Ayni damda Ukrainada qancha afg‘onistonlik borligi ma’lum emas, ammo onlayn platformalarda Ukraina oliygohlarida afg‘on talabalari uchun 149 ta grant borligini ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, ko‘plab davlatlarda, xususan Rossiyada terrorchi tashkilot deb tan olingan «Tolibon» 2021 yil avgust oyida amerikalik harbiylar mamlakatni tark etgach, qisqa muddat ichida Afg‘onistonni egallagandi. Muvaqqat hukumat tuzgan harakat mamlakat nomini Afg‘oniston islom amirligi deb o‘zgartirdi.
Rossiya 24 feral kuni Ukrainaga bostirib kirdi. Ayni damda poytaxt Kiyevni egallab olish uchun harakatlar davom etmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning asosiy maqsadi o‘zini o‘ldirish ekanini aytdi. Oldinroq rossiyalik va o‘zbekistonlik ziyolilar Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatishni so‘rab chiqqandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025