Jahon | 20:33 / 03.03.2022
22854
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina parlamenti mamlakatga BMT tinchlikparvar kuchlari kiritilishini so‘radi

Ukrainalik deputatlar shuningdek, BMT bosh kotibini urushni to‘xtatishda vositachilik qilishga chaqirgan.

Foto: AP

Ukraina parlamenti BMT, Qizil xoch, Yevroparlament va boshqa xalqaro tashkilotlarga zudlik bilan mamlakat aholisi himoyasini ta’minlashni so‘rab murojaat qildi.

Mamlakat Oliy radasi xalqaro hamjamiyatdan quyidagilarni so‘radi:

  • Ukraina ustida parvoz qilish taqiqlangan hudud joriy etish;
  • odamlarni xavfsiz tarzda evakuatsiya qilish uchun «yashil» yo‘laklar tashkil qilish;
  • Ukrainaga BMT Bosh assambleyasi asosida tinchlikparvar kuchlarni kiritish.

Bundan tashqari, deputatlar BMT bosh kotibini urushni to‘xtatishda vositachilik qilishga chaqirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid