Yo‘lning bir qismi o‘pirilishi oqibatida Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi
Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga dovondan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida kuchli yomg‘ir oqibatida qisman o‘pirilish yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan o‘tgan Taxtaqoracha dovoni 13 mart kuni soat 16:00 dan avtomobillar harakati uchun yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bunga yo‘lning 1138—1141-kilometrlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida avtomobil yo‘lida qisman o‘pirilish yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.
Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, 13 mart kuni Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ko‘plab soy va sel o‘zanlariga sel keldi.
Mavzuga oid
15:40 / 06.11.2024
Oktyabr oyi meteorologik kuzatuvning barcha yillari uchun eng yomg‘irli bo‘ldi
19:31 / 31.10.2024
O‘zbekistonda noyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?
15:26 / 25.10.2024
Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda
17:02 / 04.10.2024