Jahon | 14:25 / 18.03.2022
15217
3 daqiqa o‘qiladi
Marina Ovsyannikova Birinchi kanalni tark etdi
Jonli efirda urushga qarshi namoyish bilan chiqqan Rossiyaning «Birinchi kanal» muharriri Marina Ovsyannikova ishdan bo‘shadi.
Birinchi kanal xodimi, jonli efir vaqtida urushga qarshi aksiya uyushtirgan Marina Ovsyannikova ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozgan. Bu haqda uning manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Sergey Badamshin xabar berdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, arizani u kanal tahririyati bilan hamfikr bo‘lmagani uchun o‘z ixtiyori bilan yozgan.
- 14 mart kuni Birinchi kanal xalqaro bo‘limi muharriri Marina Ovsyannikova «Vremya» dasturi jonli efiri vaqtida studiyaga plakat ushlagan holda kirib kelgandi, unda shunday yozilgandi: «No war. Urushni to‘xtating. Propagandaga ishonmang. Bu yerda sizni aldashmoqda. Russians against war». U efirda keyingi syujyetga o‘tilguniga qadar bir necha bor shunday takrorlagandi: «Urushni to‘xtating! Urushga yo‘q!»
- Shundan so‘ng jurnalistning oldinroq yozib olingan videomurojaati tarqaldi. «Hozirda Ukrainada bo‘layotgan voqealar - bu jinoyat. Rossiya - bosqinchi mamlakat. Va bu jinoyat uchun mas’uliyat faqat bir kishining vijdoniga havola. Bu odam - Vladimir Putin», - degan u. Ovsyannikova «Rossiya birodarkushlik urushini zudlik bilan to‘xtatishi zarurligi»ni aytib, rossiyaliklarni urushga qarshi mitinglarga chiqishga chorlagandi. Kreml ushbu harakatga «bezorilik» deb ta’rif bergan.
- 15 mart kuni Moskva Ostankino sudi Ovsyannikovani jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha aybli deb topgan va unga nisbatan 30 ming rubl jarima jazosini tayinlagan. Suddan keyin Ovsyannikova politsiyada uni 14 soat davomida so‘roq qilishgani, ammo yuridik yordam olish va yaqinlari, oila a’zolari bilan suhbatlashishga sharoit yaratib berishmaganini aytgan. Jurnalist ushbu harakatidan keyin uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirgan.
- TASS va Baza manbalari ma’lumotiga ko‘ra, jurnalistga nisbatan Rossiya armiyasi to‘g‘risida feyk tarqatish haqidagi yangi modda bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
- Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat Marina Ovsyannikovaga siyosiy boshpana va diplomatik himoyani ta’minlashga tayyorligini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
13:09 / 13.01.2023
Marina Ovsyannikova Rossiya propagandasi haqida kitob yozdi
08:00 / 21.10.2022
Moskva sudi Marina Ovsyannikovani sirtdan hibsga oldi
20:52 / 10.08.2022
Marina Ovsyannikovaga armiya haqidagi «feyklar» ishi bo‘yicha ayblov qo‘yildi
14:33 / 10.08.2022