Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahrida yonilg‘i tashuvchi maxsus mashina yonib ketdi
Yong‘in oqibatida yonilg‘i tashuvchi maxsus mashinaning kabinasi va motor qismi butunlay yonib ketgan.
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 9 aprel kuni soat 15:12 larda Qarshi shahar FVBga yonilg‘i tashuvchi maxsus mashinada yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, soat 15:23 larda voqea joyiga 1 ta bo‘linma yetib borib, soat 15:29 larda yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yog‘in oqibatida Qarshi shahridagi “STAR OIL” avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi hovlisida, Qarshi tumani “Ko‘chkak” MFYda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvida bo‘lgan yonilg‘i tashuvchi maxsus mashinaning kabinasi va motor qismi yonib ketgan.
Qayd etilishicha, yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda uning sababi va zarari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025