Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston konstitutsiyasidan Nazarboyevga oid barcha gaplar olib tashlanadi
«Birinchi prezidentning tarixiy roli hammaga ma’lum va konstitutsiyada alohida belgilanishini talab qilmaydi», - degan xulosaga keldi Qozog‘iston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishchi guruh.
Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida Qozog‘istonning asosiy qonunidan birinchi prezident Nursulton Nazarboyev, uning maqomi va vakolatlari haqidagi barcha normalarni butunlay chiqarib tashlash rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi chorshanba, 4 may kuni konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishchi guruh a’zosi Marat Boshimov.
Unga ko‘ra, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy yig‘ilishda konstitutsiyaviy kengash ishchi guruh tomonidan tayyorlangan o‘zgartirishlar loyihasining konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Bu, xususan, konstitutsiyaning birinchi prezidentning ketma-ket ikki martadan ortiq saylanish huquqi, uning maqomi va vakolatlari konstitutsiya hamda konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanishi haqida so‘z yurituvchi moddalariga taalluqlidir.
Bundan tashqari, o‘zgartirishlar birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning mustaqil Qozog‘iston asoschisi sifatidagi maqomining o‘zgarmasligiga ishora qiluvchi 91-moddaga ta’sir qiladi. «Birinchi prezidentning tarixiy roli hammaga ma’lum va konstitutsiyada alohida belgilanishini talab qilmaydi», dedi Boshimov.
Shu bilan birga, mamlakatda «Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun mavjud bo‘lib, u, xususan, birinchi prezident davlat rahbari vakolatlarini amalga oshirishni to‘xtatgandan keyin uning siyosiy-huquqiy maqomini, imtiyozlari va kafolatlarini belgilaydi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025