Jamiyat | 07:32 / 05.05.2022
8969
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda fuqaroni Shvetsiyaga ishga yuborishni va’da qilgan MChJ rahbari ushlandi

Chilonzor tumanida fuqaroni Shvetsiya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan MChJ rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “T.F.” MChJ rahbari Sh.F. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uni Shvetsiya davlatiga yuborish va ishga kiritib qo‘yish masalasini 4 000 AQSh dollari evaziga hal qilib berishga kelishib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Samarqandda fuqarolarni AQShga noqonuniy yo‘llar bilan yuboruvchi jinoiy guruh a’zolari ushlangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid