Xorazmdagi tergov hibsxonasida mahbuslarga iste’molga yaroqsiz suv berilgani ma’lum bo‘ldi
Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanining) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odil Olloyorovga Urganch shahridagi 11-son tergov hibsxonasidagi mahbuslardan murojaat kelib tushgan.
Ombudsman axborot xizmati xabariga ko‘ra, murojaatda mahbuslarga berilayotgan ichimlik suvining iste’molga yaroqsizligi aytilgan.
2022 yilning 12 may kuni mintaqaviy vakil viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi mas’ul xodimi bilan birgalikda murojaatni joyiga chiqib o‘rgangan.
Aniqlanishicha, 11-son tergov hibsxonasi kameralarida soat 22:00 dan ertalabki 6:00 ga qadar elektr energiyasidan foydalanish taqiqlangan. Mana shu paytlarda muassasada saqlanayotgan mahbuslarning suv ichishga ehtiyoji bo‘lganda qaynatilmagan suv ichishga majbur bo‘lgan.
O‘rganish jarayonida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan suvning sifati tekshirilib, mahbuslarga suvni faqat qaynatilgan holatda iste’mol qilishi tavsiya etilgan.
Monitoring jarayonida har bir kamerada suvni qaynatish jihozlari mavjud ekanligi aniqlangan va mahbuslarga soat 22:00 ga qadar kerakli miqdorda qaynatilgan suv zaxiralashlari kerakligi tushuntirilgan.
Monitoring doirasida tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha mahbuslarning fikrlari ham o‘rganildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
15:29 / 26.10.2024
Rossiyada koloniyadan 6 nafar mahbus qochib ketdi
12:00 / 26.10.2024