O‘zbekiston | 08:23 / 27.05.2022
5528
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston sement importi hajmini kamaytirdi
O‘zbekistonga 4 oyda 662 ming tonna sement import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga qiymati 26,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 662 ming tonna sement import qilingan.
Qayd etilishicha, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 372 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar quyidagicha:
- Tojikiston – 289,5 ming tonna;
- Qozog‘iston – 185,3 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 179,3 ming tonna;
- Turkmaniston – 3,7 ming tonna;
- Eron – 3,7 ming tonna;
- Rossiya – 344 tonna.
Bundan oldin O‘zbekistonga sement asosan Tojikistondan olib kelinayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
14:00 / 15.11.2024
2025 yildan O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi cheklanadi
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
15:20 / 19.10.2024