Jahon | 18:45 / 16.06.2022
17470
2 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti 2016 yilda xorij fuqarolariga noqonuniy ravishda pasport berish va Bishkekdagi maktab qurilishida mablag‘larni o‘zlashtirish ishida sheriklikda gumon qilingan.

Foto: Igor Kovalenko / EPA / TASS

Bishkekning Pervomayskiy rayon sudi Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni maktab qurilishida lavozimini suiiste’mol qilish va xorijliklarga noqonuniy ravishda pasport berish to‘g‘risidagi jinoyat ishlari bo‘yicha oqlov hukmini chiqardi

"Ayblovning barcha epizodlari bo‘yicha jinoyat tarkibida Atamboyevning ishtiroki yo‘qligi sababli unga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi", - deyiladi sud matbuot xizmati xabarida. 

Tergov xulosasiga ko‘ra, 2014 yilda Bishkek meri bo‘lgan Kubanichbek Kulmatov Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyatlarda ikkita maktab qurish uchun taqdim etilgan 2 million dollar miqdoridagi grantni Bishkekda maktablar qurishga yo‘naltirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 660 o‘rinli maktab qurilishiga 2 million dollar grant mablag‘i va budjetdan 114 million som (1,6 million dollar) sarflangan. 2019 yilda Kulmatov 5 million som (72 ming dollar) miqdorida jarimaga tortilgan. Tergov organlari ushbu qurilishni Atamboyev ma’qullagan deb gumon qilgan. Shuningdek, sobiq prezident 2016 yilda xorij fuqarolariga noqonuniy ravishda pasport berish ishida ham gumon qilingan.

Atamboyev 2011 yildan 2017 yilgacha Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan.

2020 yilda Almazbek Atamboyev kriminal avtoritet Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilishdagi korrupsiya ishi bo‘yicha 11 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. 

Mavzuga oid