O‘zbekiston | 08:12 / 16.06.2022
6611
2 daqiqa o‘qiladi

Urganchda Al-Xorazmiy majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Xorazm viloyati markazida «shahar ichidagi shahar» - Al-Xorazmiy majmuasi qurilishi boshlandi. 

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

15 iyun kuni Urganch shahrida umumiy maydoni 140 gektar bo‘lgan Al-Xorazmiy majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Tadbirda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, qurilish vaziri Botir Zakirov, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov va  jamoatchilik vakillari  ishtirok etdilar. 

Loyihaga ko‘ra, bu yerda universitet, talabalar yotoqxonasi, IT-park, uylar, 3 ming o‘rinli maktab va 1,5 ming o‘rinli bog‘cha, madaniyat va sport majmualari, avtoturargohlar quriladi. Shaharcha markazida «Yangi O‘zbekiston» bog‘i - Muhammad al-Xorazmiy sayilgohi barpo etilib, buyuk allomaning 30,5 metrlik haykali o‘rnatiladi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda texnopark va zamonaviy to‘qimachilik  korxonalari qurilib, ishga tushiriladi.  

Al-Xorazmiy majmuasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilmoqda.

«Bu yer shahar ichidagi shahar bo‘ladi. Universitet, innovatsion markaz va maktablar ilm va ta’lim klasterini tashkil etadi. Bu yerda ishlovchilar uchun uy-joylar, ilmga asoslangan sanoat zonasi ham bo‘ladi. Bu shaharchani shunga munosib qilib, sifatli qurish kerak», - degan edi davlat rahbari.

Mavzuga oid