Jahon | 18:30 / 24.06.2022
16068
1 daqiqa o‘qiladi

Maymun chechagi virusi taxmin qilinganidan ko‘ra tezroq mutatsiyaga uchrayotgani aytildi

Olimlar virusda 50ga yaqin mutatsiyani aniqlagan. 

Foto: CDC/Cynthia S. Goldsmith

Maymun chechagi virusi mutatsiyaga taxmin qilinganidan ko‘ra tezroq uchray boshladi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.

Tadqiqotchilarning fikricha, gap virusning odamdan odamga yuqishi bo‘yicha prognozlar to‘g‘risida bormoqda.

«Virus tarqalishi biz kutgandan ko‘ra ko‘proq mutatsiyaga ega virus tufayli avj olmoqda», — deyiladi ekspertlar tomonidan.

Tadqiqot ishida ta’kidlanishicha, maymun chechagi virusida ko‘p miqdordagi mutatsiyalarning uchrashi kutilmagan hol bo‘lgan.

Olimlar unda 50ga yaqin mutatsiyani aniqlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon 3,2 mingdan ortiq kishida maymun chechagi kasalligi qayd etilgan.

Mavzuga oid