O‘zbekiston | 11:17 / 25.06.2022
14166
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida o‘tkaziladigan “Yangi nafas” yoshlar marafoni munosabati bilan 25-26 iyun kunlari Toshkent shahridagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, 25 iyun kuni soat 18:00 dan 26 iyun kuni soat 10:00 gacha:

Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

26 iyun kuni soat 6:30 dan soat 9:00 gacha:

  • Sharof Rashidov shohko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Islom Karimov shohko‘chasi – Sharof Rashidov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha bo‘lgan yo‘l qismi vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid