Jahon | 12:06 / 28.06.2022
4785
2 daqiqa o‘qiladi

Yoqutistonda o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat joriy etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida Yoqutiston o‘rmonlarida yong‘inlar soni ikki baravar ko‘paygan. Mintaqada 60 ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan.

Foto: Picture Alliance

O‘rmon yong‘inlari munosabati bilan butun Yoqutiston bo‘ylab mintaqaviy xususiyatga ega favqulodda holat rejimi joriy etildi. Tegishli farmonni 28 iyun, seshanba kuni respublika rahbari Aysen Nikolayev imzoladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida Yoqutiston o‘rmonlarida yong‘inlar soni ikki baravar ko‘paygan. Viloyatda 60 ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan. Yong‘in bilan qoplangan hududlarning umumiy maydoni 55,5 ming gektardan oshadi. Yong‘inlarni o‘chirishga 772 kishi, 35 dona texnika jalb etilgan. Respublika Ekologiya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, «Avialesooxrana» federal xizmatining yana 160 nafar parashyutchi-desantchisi yaqin kunlarda Yoqutistonga yetib keladi. 

Joriy yilda ilk o‘rmon yong‘inlari Yoqutiston hududida may oyi o‘rtalarida qayd etildi, deb xabar beradi «Interfaks» axborot agentligi. 2021 yilda respublikada mavsum boshidan buyon qayd etilgan barcha yong‘inlar maydoni so‘nggi o‘n yildagi rekord ko‘rsatkichdan oshib, qariyb 8,5 million gektarni tashkil etdi. Bu yil ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda yana jazirama yoz kutilmoqda. 

Mavzuga oid