O‘zbekiston | 18:02 / 29.06.2022
6743
1 daqiqa o‘qiladi

Jomboy tumani hokimi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘ldi

Foto: Jomboy tumani hokimligi axborot xizmati

Jomboy tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, tuman hokimi Qayum Sobirov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lgan.

Unga a’zolik guvohnomasini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir Botirjon Ergashev topshirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Qayum Sobirov uzoq yillar davomida bank tizimida ishlab kelgan va 2020 yil aprel oyida Jomboy tumani hokimi etib tayinlangan.

Hozirgacha Qayum Sobirovning “Otamning izlari”, “Yolg‘izoyoq yo‘l”, “O‘zlikni izlab” kabi badiiy-publitsistik kitoblari nashr etilgan.

Mavzuga oid