O‘zbekiston | 11:35 / 30.06.2022
2157
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda yigitni ayollar kiyimida videoga olib tovlamachilik qilgan shaxslar ushlandi

Tovlamachilar yigitni ayollar kiyimida videoga olishgan. So‘ng videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik uchun pul talab qilishgan.

Jizzax viloyati IIb axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 24 iyun kuni soat 01:00 larda Sharof Rashidov tumani So‘g‘diyona mahallasida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan yigit hamda Jizzax shahri Xayrobod mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z sheriklari bilan Baxmal tumani Buloqboshi mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaroni Bo‘ston mahallasi hududidagi dala maydoniga olib borgan.

So‘ng fuqaroni ayollar kiyimida videotasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga jabrlanuvchining 100 dollar va 19,7 million so‘m pulini tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib olgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzaxda sobiq sevgilisiga tegishli videolarni internetda tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qilgan yigit ushlangandi.

Mavzuga oid