Toshkent aeroportida kuzatuvchilar terminalga kirishiga vaqtinchalik cheklov joriy etildi
Toshkent xalqaro aeroportida terminalga kuzatuvchilarning kirishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu ziyoratchilarning Haj safariga jo‘nab ketishi va Hajdan qaytib kelishi, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan amalga oshirilmoqda.
Terminal binosi va terminal oldi hududlarda tirbandliklar hamda tiqilinch holatlarning oldini olish maqsadida cheklovlar joriy yil 31 iyuliga qadar amal qiladi.
Ma’lum qilinishicha, estakadaga chiqish avtomobillar va avtobuslar uchun ochiq.
Ma’lumot uchun, taksilar, sayyohlik avtobuslari va chet el delegatsiyalari transporti uchun estakadada harakatlanishga ruxsat etiladi.
Estakada bo‘ylab terminalga o‘tish qoidalari quyidagicha:
- estakada o‘ng tomondagi chizig‘i sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun, chap tomondagi chizig‘i esa taksilar uchun mo‘ljallangan;
- taksilar uchun estakadada yo‘lovchilarni olish/tushirish vaqti 5 daqiqadan, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqadan oshmasligi kerak;
- estakada o‘ng va chap chiziqlarini ajratib turadigan sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va jarima to‘lanishini nazarda tutadigan qoidabuzarlik hisoblanadi.
Estakadada bir vaqtning o‘zida 30 ta yengil avtomobil yoki turistik avtobuslarni hisobga olgan holda, 17 ta avtomobil joylashishi mumkin.
Mavzuga oid
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
00:08 / 20.10.2024
Yangi Zelandiya aeroportida yo‘lovchilar va ularni kuzatgani chiqqanlarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashish taqiqlandi
12:10 / 10.10.2024