Slovyansk olov ichida, Xarkiv yaqinida okoplar mustahkamlanmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 132-kuni o‘tdi.
Ukrainada urushning 132-kunidagi asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina armiyasi Lisichanskni tark etgan, endi Ukrainaning butun Luhansk oblasti rossiyalik harbiylar nazoratida, Rossiya ukrain shaharlarini o‘qqa tutishda davom etmoqda.
- Slovyansk shahri meri Vadim Lyaxning xabar berishicha, shahar rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana yetti kishi yaralangan.
- Finlandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi protokollarni imzoladi, Kanada parlamenti esa uni ratifikatsiya qilib ulgurdi.
- BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha hisobot e’lon qildi. Unda ikki tomondan ham inson huquqlari buzilishi holatlari sodir etilgani hujjatlashtirilgan.
- 5 iyul kuni Davlat dumasi armiyani xorijdagi amaliyotlar vaqtida ta’minlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi, unga ko‘ra kompaniyalar ta’minot bo‘yicha davlat buyurtmalaridan bosh torta olishmaydi.
- 42 davlat rahbariyati vakillari Shveytsariyaning Lugano shahrida Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyaning yakuniy deklaratsiyasini imzoladi. Ular Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari doirasidagi suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.
Quyida 5 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donbass shimoli
Svetlana turmush o‘rtog‘i Sergey bilan tez yordam mashinasida. Sergey rossiyalik harbiylar tomonidan Slovyansk yoppasiga o‘qqa tutilishi ostida qolgan. Ukraina qo‘shinlari Lisichanskdan olib chiqib ketilib, Ukrainaning Luhansk oblasti Rossiya nazoratiga o‘tgach, Slovyansk Rossiya armiyasining navbatdagi nishoniga aylanishi mumkin.
Xarkiv oblasti
Kiyev oblasti
Irpin aholisi va qochqinlar cherkov binosida non uchun navbatga turibdi. Kiyev tashqarisidagi bu shahar Belarusdan bostirib kirgan rossiyalik harbiylar guruhi yo‘lidan chiqqandi. Urushning ilk davrida Irpinning bir qismi Rossiya armiyasi tomonidan ishg‘ol etilgan (rossiyaliklar shahardan bir necha kilometr shimoldagi «Antonov» aeroportini egallashgandi. Shahar doimiy ravishda rossiyaliklar tomonidan artilleriya zarbalariga uchragan. 28 mart kuni Irpin rasmiylari shahar to‘liq ozod etilganini e’lon qilishdi.
Buchadagi qirg‘in qurbonlari xotirasiga Irpin daryosi ustidagi vayron qilingan ko‘prikda vaqtinchalik yodgorlik o‘rnatildi. Kiyevdan tashqaridagi bu shahar mart oyi oxirigacha rossiyaliklar tomonidan ishg‘ol etilgandi. Rossiya harbiylari Kiyev atrofidan chekingach, Buchada o‘ldirilgan mahalliy aholining jasadlari topildi, ularning aksariyatida — qiynoq izlari bor edi. Turli guvohlik va tergovlarning ko‘rsatishicha, bu qotilliklar Bucha rossiyalik harbiylar nazoratida bo‘lgan vaqtda ular tomonidan sodir etilgan.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024