Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murjaat qilib, Qoraqalpog‘iston orqali O‘zbekistonga kiriladigan «Dovud ota» posti hamon yopiqligini eslatib, mamlakatga boshqa yo‘llar orqali qaytishni tavsiya qilgan.
«O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022 yil 3 iyuldan 2 avgustga qadar favqulodda holat joriy etildi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi «Dovud ota» – «Tajyen» (avtomobil) o‘tish punktida fuqarolar va yengil transport vositalari qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan. Shu bilan birga, ushbu punkt nuqtasi orqali yuk tashuvchi avtomobillar o‘tishiga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, «Nukus-Beyneu-Nukus» yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l aloqasi ham to‘xtatildi. O‘zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari O‘zbekistonga «Dovud ota»dan boshqa o‘tish punktlari orqali kelishlari mumkin.
Shuningdek, «Aqtau – Nukus», «Aqtau – Urganch», « Olmaota – Toshkent», «Olmaota – Samarqand» va «Nur-Sulton – Toshkent» yo‘nalishlaridagi havo qatnovi ham faoliyat ko‘rsatmoqda», deyiladi bayonotda.
TIV O‘zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari maslahat uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan:
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi (Nur-Sulton shahri) – 8 (717) 295-45-87;
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi– 8 (727) 390-26-16, 8 (727) 299-20-70;
O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi – 8 (729) 277-71-17.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025