Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi
Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi. Bu bo‘yicha tegishli qaror loyihasi tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
AOKAda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ma’lumot berildi.
Davlat dasturiga asosan, Namangan muhandislik-texnologiya instituti negizida Namangan to‘qimachilik sanoati institutini tashkil etish bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyatini yanada kengaytirish, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, prezidentning tegishli qarori bilan Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti faoliyati tashkil etildi.
Avvalroq, xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlangani xabar qilingandi.
Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi
19:09 / 12.05.2025
Kambag‘al oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi
15:42 / 12.05.2025