O‘zbekiston | 12:17 / 27.07.2022
5384
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga «inomarka»lar importi ikki baravarga oshdi 

Yengil avtomobillar importi 7 mingtaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Pixabay

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 396 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 308 ta yengil avtomobil import qilgan. 

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7 mingtaga yoki qariyb 2 baravarga oshgan.

Qo‘mitaga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 24 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. 

6 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar: 

  • Xitoy – 7265 ta;
  • Koreya – 4510 ta;
  • Qozog‘iston – 2896 ta;
  • Rossiya – 1192 ta;
  • AQSh – 180 ta;
  • BAA – 84 ta;
  • Yaponiya – 65 ta;
  • Germaniya – 48 ta.

Mavzuga oid