Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan inspektor ushlandi
Xorazm va Andijon viloyatlarida ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Yu.” AJ inspektori M.P. fuqaro O.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Milliy gvardiyaga tizimiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Andijon viloyatining Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro D.X. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni “I.I.” MChJga ishga kiritib qo‘yish evaziga 9 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Mahkama xabarida aytilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025